Xitoy kompaniyalari Kamboja poytaxti Pnompenda dunyodagi eng baland – 560 metrlik egizak minoralar quradi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Agentlik ma'lumotlariga köra, ikki osmonöpar binoning qurilişiga şartnoma Uxan şahrida Xitoy va Kamboja hamda Makao kompaniyalari örtasida imzolangan. Bu binolar TBR Twin Tower World Trade Center deb nomlanadi. Binolarning qurilişiga umumiy investitsiyalar miqdori 2,7 mlrd dollarga baholanmoqda.

Minoralarning balandligi 560 metrni taşkil qiladi, ular Kuala-Lumpurdagi (Malayziya) 88 qavatli Petronas minoralaridan 108 metrga balandroq böladi. Malayziyadagi minoralar 1998 yilda qurilişi yakunlangandan beri dunyodagi eng baland egizak minoralar hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, dunyodagi eng baland bino Dubaydagi 828 metrlik Burj-Xalifa  hisoblanadi.