Filippin prezidenti Rodrigo Duterte özining IŞID bilan aloqador qarindoşlari borligi haqida gapirdi. Bu haqda The Manila Shimbun naşri xabar tarqatgan.
Davlat rahbari bir neça amakivaççasi ayni vaqtda IŞID a'zosi ekani va jangarilar safida uruş olib borayotgani haqida aytgan. Şu bilan birga u bu holatga toqat qilmoqçi emasligini va tez orada ularni tutib kelişga buyurişini qöşimça qilgan.
Filippinliklar yetakçisi, «öz qarindoşlariga emas, respublikaga xizmat qilişi» haqida gapirgan va ekstremistlar bilan aloqador kuçlarni qöllab-quvvatlamasligini bildirgan.
Ötgan yilning 29 dekabrida filippinliklar yetakçisi xiyonatkor amaldorlarni vertolyotdan taşlab yuborişi bilan tahdid qilgandi. «Men avval ham şunday qilganman, buni yana qilişga tayyorman?» — degandi u. Lekin köp ötmasdan u bu gapidan tondi.
12 dekabr kuni esa Davao şahri meri lavozimida işlagan vaqtlarida jinoyatni sodir etişda gumonlanganlarni şaxsan özi öldirganini ma'lum qildi.
«Davaoda men buni öz qöllarim bilan amalga oşirdim. Şunçaki yigitlarga (politsiyaga) buni men qila olsam, ular ham qila olişini körsatib qöyiş uçun. Men Davao böylab mototsiklda yurardim va köçalarni qöriqlardim. Aslida esa men kimnidir öldiriş uçun qandaydir mojaro qidirardim», — degandi Duterte.
May oyida davlat rahbari lavozimiga saylangan Duterte giyohvandlarga, şuningdek, taqiqlangan vositalarni tarqatadiganlarga qarşi keng kölamli kuraş olib borişni yoqlab çiqadi. Politsiyaning sönggi ma'lumotlariga köra, oxirgi oylarda mamlakatda narkotiklar savdosiga aloqador uç mingga yaqin kişi öldirilgan.

















