Qozoğistonning Qarağanda viloyati, Şaxan posyolkasida köp qavatli uy qulaşi oqibatida haloka bölganlarning va jarohatlanganlarning oilalariga byudjyetdan yordam ajratiladi. Bundan taşqari, hokimiyat halok bölganlarning dafn marosimini ötkaziş xarajatlarini zimmasiga olgan.
Ma'lum qilinişiça, hokimiyat tomonidan halok bölganlar uçun 1 million tengedan, jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilganlar uçun 500 ming tengedan mablağ ajratadi.
Şuningdek, halokat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar hisoblab çiqiladi. Şunga köra, kompensatsiya mablağlari ajratiladi.
Eslatib ötamiz, Qarağanda viloyati, Şaxan posyolkasida köp qavatli uyning bir qismi qulab tuşişi oqibatida 9 kişi halok böldi va 2 kişi jarohatlandi.

















