«Mançester Siti» jamoasi yarim himoyaçisi Fernandino APLning 20-turida «Byornli»ga qarşi keçayotgan uçraşuvning birinçi bölimi vaqtida qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi.

Uşbu braziliyalik futbolçi 32-daqiqada Yoxann Gudmundssonning oyoğiga taşlangani uçun töğridan-töğri qizil kartoçka olib, maydondan çiqarib yuborilgan.

«Tribuna» ma'lumotiga köra, bu çetlatiş 31-yoşli xavbek uçun jamoasining oxirgi 6 uçraşuvida uçinçi marta qizil kartoçka olişi bölmoqda. U «Çelsi»ga qarşi öyindagi harakatlari uçun çetlatilgan, keyin 4 öyindan diskavalifikatsiya qilingandi. Futbolçi yana bir qizil kartoçkani Çempionlar ligasi doirasidagi uçraşuvda olgan.

Endilikda Fernandino yana 4 öyindan diskvalifikatsiya qilinişi mumkin.