Angliyaning Janubiy Milliy Liga (6-liga) vakillari «Xemel Xempsted Taun» va «Ist Turrok Yunayted» öyinida qiziq voqea yuz berdi.
80-daqiqada, hisob mezbonlar foydasiga 2:0 bölib turganida, ularning futbolçisi, «Arsenal» tarbiyalanuvçisi Xerşel Sançes Uott hakamdan ogohlantiriş oldi.
Hakam öyinçining futbolkasida familiyasi yozilmagani sababli, undan ismi-şarifini söragan. Futbolçi Uott (Watt), deb javob bergan. Hakam esa bu javobni inglizçadagi «nima?» (What) söziga öxşatib, yana bir marta söragan. Futbolçi bir neça marta Watt, Watt deb takrorlagan. Hakam özini mazax qilyapti deb öylab, futbolçiga ikkinçi sariq kartani körsatib, uni maydondan çetlatgan.

Şundan söng, «Xemel Xempsted» sardori Jordan Parks hakam oldiga kelib, vaziyatni tuşuntirgan. Referi nima bölganini anglaganidan söng, qizil kartani bekor qilib, Uottdan uzr söragan.

















