AQŞning Texas ştatida zaharli gazdan 4 bola halok böldi va yana 6 kişi jarohat oldi, deb xabar bermoqda NBC telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga köra, voqea 2 yanvarda Amarillo şahridagi turar joy binosida sodir bölgan. Noma'lum kimsa zararkunandalarga qarşi kimyoviy moddalar saqlanadigan yertöla xonasini tozalamoqçi bölganda pestitsidning suv bilan kimyoviy reaksiyasi yuz berib, öta zaharli fosfin gazi ajrab çiqqan. Bu gazning uzoq vaqt içga nafas bilan yutilişi ölimga olib keladi.
Telekanalning ma'lum qilişiça, bir bola voqea joyida, qolgan 3 nafari şifoxonada halok bölgan. Ularning barçasi şu uyda yaşaganlar.

















