Özbekiston 2017 yilning 1 yanvaridan respublikada işlab çiqariladigan spirt, spirtli içimliklar va pivoga nisbatan aksiz soliq stavkalarini oşirdi. Bu haqida Uzdaily naşri xabar berdi.
Yangi stavkalar Özbekiston Prezidentining "Özbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida" qaroriga muvofiq belgilandi.
Hujjatga köra, 2017 yilning 1 yanvaridan etil spirtiga (tayyor mahsulotning 1 dekalitri uçun) nisbatan belgilangan aksiz soliği - 6 275 sömni (+25%), tabiiy vino aksiz soliği esa 6 358 sömni (+5%) taşkil qiladi.
Boşqa vino turlariga nisbatan belgilangan aksiz soliği (tayyor mahsulotning 1 dekalitri uçun) 10 ming sömgaça oşdi (+20%), konyak - 58 265 söm (+26,9%), aroq va boşqa ötkir spirtli içimliklar - 54 057 söm (+25%), pivo - 6 416 söm (+25%).
Spirt uluşi 40 foizdan ortiq bölgan konyak uçun (tayyor mahsulotning 1 dekalitriga) aksiz soliq 96 006 söm miqdorida belgilandi. 40 foizdan ortiq spirtga ega aroq va boşqa spirtli içimliklar uçun esa - 89 071 söm.

















