Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada tungi klubdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 23 kishi qo‘lga olingan
Turkiya politsiyachilari Yangi yil kechasida ro‘y bergan teraktga aloqadorlikda gumon qilib, qo‘lga olgan kishilar soni 23 nafarga yetgan. Bu haqda Hurriyet xabar tarqatgan.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, maxsus amaliyotlar davomida qo‘lga olinganlar orasida xorij fuqarolari bor.
Bugun Izmir shahrida IShIDga aloqadorlikda gumonlangan 5 kishi qo‘lgan olingan.
Bundan oldinroq, Turkiya TIV rahbari terakt ijrochisi shaxsi aniqlangani haqida ma'lumot tarqatdi.
1 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Istanbulning Yevropadagi qismida joylashgan O‘rtako‘cha tumanidagi tungi klubga Kalashnikov avtomati bilan bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni qirg‘in qildi. Terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida Rossiya, Livan, Liviya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Marokash va Iordaniya fuqarolari ham bo‘lgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026