Rossiyalik yakkakuraş jangçisi Rasul Mirzayev özini kaltaklagan va öldirayozgan bezori yigitlardan birini surati orqali tanigan. Bu haqda life.ru xabar tarqatdi.
Gumonlanuvçining fotosurati jabrlanuvçiga u yotgan şifoxonada körsatilgan.

Naşrning yozişiça, Mirzayev yotgan xonaga hujum qilişda gumon qilinayotgan yigitning ota-onasi ham kelgan. Ular Mirzayev bilan masalani tinç yöl bilan kelişib olişga harakat qilişgan ammo muddaolariga yeta olişmagan.
Eslatib ötamiz, 31 dekabr kuni Moskvaning janubida 3 noma'lum şaxs rossiyalik MMA (Mixed Martial Arts) jangçisi Rasul Mirzayevni kaltaklab, travmatik quroldan jarohat yetkazgandi.
Keyinroq bu hujumni uyuştirişda gumonlanuvçilardan biri Kamil Allaxverdiyev ekani aytildi.
Hujum sabablari ma'lum emas.
Ma'lumot uçun, 2011 yilda Rasul Mirzayev ehtiyotsizlik tufayli odam öldirganlikda ayblanib, 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan - şu tariqa uning sportdagi karerasi intihosiga yetgan. 2011 yilning avgustida Mirzayev Moskvadagi tungi klubga kiraverişda Ivan Agafonov ismli talabaga muşt tuşirgan. Talaba huşidan ketgança öziga kelolmay, bir neça kundan söng hayotdan köz yumgan.











