Kanadaning Toronto şahridagi Pirson aeroporti hududida ikkita yölovçi samolyoti töqnaşib ketdi. Bu haqda CTV xabar tarqatgan.
Xabarda bu hodisa oqibatida jarohatlanganlar borligi haqida ma'lumot yöq. Yölovçilar bir neça soat davomida aeroport terminalida parvozga çiqişni kutib qolişiga töğri kelgan.
Bu hodisa Pakistan International Airlines va Air France aviakompaniyalariga tegişli samolyotlar iştirokida röy bergan.
Qayd etilişça, pokistonliklar samolyoti harakatlana turib, joyida turgan fransuzlar samolyotiga urilib ketgan.

















