11 may kunidan aeroportlar xodimlari aviakompaniya yölovçilarining haroratini ölçay boşlaydi. Harorat teplovizorlar bilan ölçanadi. Yölovçilar yangi qoidalar haqida elektron poçta, sms va sayt orqali xabardor qilinadi.
Bundan taşqari, 11 maydan yölovçilar aviakompaniya samolyotlarida niqoblarda bölişlari kerak. Şuningdek, parvoz vaqtida ekipaj a'zolari ham niqoblarda böladi. Yölovçilar zarurat bölganda bir-birlaridan uzoqroq joylaştiriladi. Air France’da ta'kidlanişiça, yölovçilarning kamligi bunga imkon beradi.
Şuningdek, yölovçilar va ekipaj a'zolari orasida muloqot çeklanadi: içki va uzoq davom etmaydigan reyslarda yölovçilarga içimliklar va taomlar berilmaydi, uzoq davom etuvçi parvozlarda esa individual qadoqlardagi yeguliklar tortiladi.
May boşida Halqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) samolyotlarda yölovçilar va ekipaj a'zolarini niqoblar taqişga çaqirgan. Biroq yölovçilarning samolyotlarda ijtimoiy masofalaşuvi qöllab-quvvatlanmagan, çunki IATA’da ta'kidlanişiça, yölovçilarning orada böş joylar qoldirilib ötqazilişi samolyotning 63 foizgagina tölişiga olib keladi, vaholanki samolyot eng kamida 77 foiz yuklangandagina rentabel böladi. Agar samolyotlarda ijtimoiy masofalaşuv qoidalari qöllansa, unda çiptalar narxi 34-54 foizga oşib ketişi mumkin.
IATA koronavirusdan himoyalanişning muqobil çoralari sifatida yölovçilar haroratini ölçaş, salonlarning tez-tez va yaxşilab tozalanişi, bortda harakatlanişlarni çeklaş va taomlar tarqatilişi jarayonini soddalaştirişni taklif qilgan.
Avvalroq parvoz oldidan yölovçilar haroratini ölçaşni Air Canada aviakompaniyasi joriy qilgandi.


















