2016 yil dekabrida Xitoy valyuta zaxirasi 2011 yil fevral oyidan beri eng quyi körsatkiçga tuşib ketdi va 3,01 trln dollarni taşkil etdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Xabar qilinişiça, dekabr oyida XXR valyuta zaxiralarining umumiy hajmi noyabr oyiga nisbatan 41 mlrd dollarga qisqargan. Bunda, agentlik murojaat qilgan ekspertlar Xitoy valyuta zaxirasining 51 mlrd dollarga kamayişini taxmin qilişgan edi.
Xitoy valyuta zaxirasi 2016 yil noyabr oyida 69,05 mlrd dollarga qisqargan edi. 2015 yilda bu raqam rekord qiymatni – 513 mlrd dollarni taşkil etgan edi.

















