Xitoy hukumati Dystar Destuff gazlama mahsuloti işlab çiqaruvçisini 20 million yuanlik (2,8 million AQŞ dollari) jarimaga tortdi. Ma'lum bölişiça, kompaniya mamlakat şarqidagi Taydun daryosiga 2,7 ming tonna sulfat kislotasini oqizib yuborgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Sud kompaniyaning olti nafar mas'ul şaxsini 3-5 yillik muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi.
Tekşiriş işlarida aniqlanişiça, Dystar Destuff rahbariyati çiqindilarni qayta işlaşdan iqtisod qilib qoliş maqsadida, buni maxsus litsenziyasi bölmagan tasodifiy firmaga topşirgan. U esa kislotani uçinçi şaxsga sotib yuborgan. Şundan söng xavfli moddalar oqib ketgan va yaqin oradagi suv havzalariga jiddiy ziyon yetkazgan.
Ekologlarning ta'kidlaşiça, mahalliy atrof-muhitni tiklaş uçun uzoq yillar kerak böladi.












