Ukraina poytaxti Kiyev şahri Peçer tuman sudi mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçga tegişli hovli-joy, xonadon va kemani hibsga oliş töğrisida qaror çiqardi. Bu haqda "Ukrainskiye novosti" agentligi sud qaroriga asoslangan holda xabar qilmoqda. Peçer tuman sudi 2016 yil 29 dekabrda şu mazmunda xulosa qilgan.
"Prokuratura sobiq prezidentning mol-mulki, aniqroği, hovli-joy, xonadon, 2 ta garaj, yarim yer osti parkingidagi 2 ta maşina turar joyi va 2000 yilda barpo qilingan brig (ikki maçtali tik yelkanli kema)ni hibs qilişni söradi… Sud bu talabni töliq qanoatlantirdi", — deb yozadi agentlik.
Axborot agentligining qayd etişiça, Yanukoviç Ukraina Jinoyat kodeksining "davlatga xiyonat", "Ukraina davlat çegarasi va hududini özgartiriş maqsadida qasddan harakatlarni amalga oşirişga yordam beriş" va "agressiv uruş olib borişga yordam beriş" kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

















