Iroq poytaxti Bağdod şahrida sodir etilgan navbatdagi portlaş tufayli kamida 12 kişi qurbon böldi, yana 50 kişi jarohatlandi. Bu haqda voqea joyidagi politsiya va şifokorlarga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Agentlik ma'lumotiga köra, şaharning şarqiy qismida avtomobil portlatilgan.
Oxirgi marta 3 yanvar kuni Bağdodda IŞID terrorçisi tomonidan portlaş sodir etilgan, bu terakt oqibatida 35 kişi halok bölib, 60 kişi jarohatlangandi.

















