Jahon | 17:01 / 08.01.2017
8564
2 daqiqa o‘qiladi

Qudusda yuk mashinasi orqali terakt sodir etildi, qurbonlar bor

Qudusda Nitstsa va Berlindagi teraktlar takrorlandi.

Jerusalem Post xabariga ko‘ra, Armon xa-Natsiv tumanida yuk mashinasi piyodalar ustiga bostirib borishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 15 kishi jarohatlangan.

Ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Ma'lum qilinishicha, terrorchi yo‘ldagi avtobus ichidan yo‘lovchilar chiqishini poylab turgan va so‘ng ular ustiga bostirib borgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, politsiya mashina haydovchisini otib jarohatlagan va qo‘lga olgan.

"Bu terakt", degan politsiya vakili.

O‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtasida Berlinda xuddi shu ko‘rinishda terakt sodir etilgandi – yuk mashinasi Rojdestvo yarmarkasiga yig‘ilgan kishilar ustiga bostirib borgan, natijada 12 kishi halok bo‘lgan va 50 kishi jarohatlangandi. Terrorchi voqea joyidan qochib ketgan, 2 kun o‘tib u Milanda politsiya bilan otishma chog‘ida o‘ldirilgandi.

Xuddi shunday terakt o‘tgan yilning yozida Fransiyaning Nitstsa shahrida ro‘y bergandi.

Mavzuga oid