Sport | 11:33 / 09.01.2017
27262
1 daqiqa o‘qiladi

JCh ishtirokchilari soni 48taga yetkaziladi, Osiyoga 8,5 o‘rin beriladi

10 yanvar kuni FIFA 2026 yilgi jahon chempionatidan boshlab ishtirokchilar soni hozirgi 32tadan 48taga yetkazilishi haqida rasman ma'lum qiladi. Bu haqda Globo xabar bergan.

Chempionat formati final bosqichida 3tadan terma jamoa o‘rin oladigan 16ta guruhni tashkil qilishni nazarda tutadi. Guruhda eng yaxshi ikki o‘rin egalari pley-off bosqichiga o‘tadi.

JCh-2026da OFKning 8ta terma jamoasi ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.

Jahon chempionati kvotalarining qit'alar bo‘ylab taqsimoti:
Yevropa — 16
Afrika — 9
Osiyo — 8
KONMeBOL — 6,5
KONKAKAF — 6.5
Okeaniya — 1
Mezbon — 1

FIFA jahon chempionatlarini kengaytirishdan 610 million yevro ishlab oladi

Infantino futbolga qo‘shmoqchi bo‘lgan yana bir qoida

Infantino JCh ishtirokchilari sonini 48taga yetkazish qaroridan qaytmaydi

Yevropa klublar assotsiatsiyasi JCh ishtirokchilari soni oshirilishiga qarshi chiqdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid