Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karlush Keyrush Eron terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida qoladi
Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning iste'foga chiqish arizasi rad etilgani va u o‘z lavozimida qolishini ma'lum qildi.
O‘FF matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida Eron futbol federatsiyasi rahbari Karlush Keyrushning mamlakat termasidagi muvaffaqiyatlari, xususan, Osiyo mamlakatlari o‘rtasida Eron bir necha yildan buyon FIFA reytingida yetakchilik qilayotgani ta'kidladi. Bundan tashqari, Mehdi Toj Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida Eron klublari uchun 4ta kvotani saqlab qolish muhim ekanini aytdi.
Matbuot anjumani davomida Eron futbol federatsiyasi rahbari terma jamoa va klublar o‘rtasidagi muammolar amaldagi reglamentga muvofiq o‘zaro hurmat orqali bartaraf etilishi kerakligini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 63 yoshli mutaxassis 8 yanvar kuni Eron futbol federatsiyasi bilan yuzaga kelgan o‘zaro ziddiyat va kelishmovchiliklardan so‘ng milliy terma jamoadan ketish haqida ariza yozgandi.
Qayd etish joiz, Eron hamda O‘zbekiston futbol federatsiyalarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra, JCh–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichi 8-turi doirasidagi Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 2017 yilning 13 iyun kunidan 12 iyun sanasiga ko‘chirilgan.
Ma'lumot uchun, JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Eron 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026