Qozoğistonning Qarağanda viloyatidagi Şaxan aholi punktida elektr ta'minotidagi uziliş favqulodda holatga sabab böldi. U yerda beş qavatli uyning bir qismi qulab tuşgani tufayli töqqiz kişi halok bölgan, deb xabar berdi respublika içki işlar vaziri Kalmuxanbet Qosimov.
Beş qavatli uyning bir qismi 1 yanvar kuni keçqurun qulab tuşgandi. Qutqaruvçilar vayronalar tagidan töqqiz nafar fuqaroning jasadini çiqarib olişgan. Hodisaga uy yertölasida joylaşgan isitiş qozonxonasining portlaşi sabab bölgan.
"Hodisa yuz bergan kuni soat 20.30 da elektr ta'minoti öçirib qöyilgan. Bu esa isitiş tizimidagi nasoslarning töxtaşi va qozonxonadagi haroratning me'yordan oşib ketişiga olib kelgan. Şundan söng portlaş sodir böldi", - dedi Qosimov hukumat yiğilişi çoğida.
Uning sözlariga köra, uydagi qozonxona 1997 yilda örnatilgan. "Ular 2004 yilda aholi hisobidan yangi qozonxona örnatişdi, törtta ötyoqarni yollaşgan", - dedi vazir.

















