Greenpeace texnologik korporatsiyalarning ekologik  reytingini taqdim etdi. Uni tuzişda qayta tiklanuvçi energiyadan foydalaniş, energiya iste'moli samaradorligi, energiya siyosatining şaffofligi kabi jihatlar inobatga olindi. 

Eng ekologik korporatsiya sifatida eng yuqori baho (A) Apple'ga berildi. Uning sof energiya indeksi 83 foizni taşkil qildi. Bundan taşqari, reyting mualliflari tabiiy gaz, kömir va atom elektrostansiyalari uluşini hisoblab çiqişdi. 

Ikkinçi örinda 67 foiz sof energiya indeksi bilan Facebook ijtimoiy tarmoği joylaşdi. Uçinçi örinni 56 foiz indeks bilan Google egalladi. 

Eng yomon baho (F) Xitoyning internet-gigantlari Baidu va Tencent'ga berildi. Ular haddan taşqari köp kömir stansiyalaridan foydalanişadi - 67 foizdan. Ikki kompaniyaning ham sof energiya uluşi atigi 24 foizni taşkil qiladi.  

Netflix, Amazon va Samsung kabi kompaniyalar ham u qadar yuqori bahoga ega bölişmadi - D, C va D.