Qirğizistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 18,6 foizga tuşib ketdi. Bu haqda TASS respublika Milliy statistika qömitasi ma'lumotlariga asosan xabar berdi.
«Ötgan yilning 10 oyi davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi iştirokçi-davlatlari bilan eksport-import amaliyotlari miqdori 1,575 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu esa 2015 yilning şu davriga nisbatan körsatkiçning 81,4 foizi demakdir», - deyiladi idora hisobotida.
Şuningdek, Qirğiziston körsatilgan vaqtda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga qiymati 284 million AQŞ dollarilik turli mahsulotlari yetkazib bergani, 1,291 milliard AQŞ dollarilik tovarlarni import qilgani aytildi.
















