Obama o‘z yordamchisiga kuyovjo‘ra bo‘ldi

Foto: Twitter
Internetda AQSh prezidenti Barak Obama o‘z yordamchisiga kuyovjo‘ra bo‘lgan to‘y marosimidan suratlar paydo bo‘ldi. Fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda va BuzzFeed saytida chop etildi.
Washington Post nashrining xabar berishicha, Obama golf bo‘yicha sherigi va yordamchisi Marvin Nikolson va kelin Xelen Paychichning to‘yida kuyovjo‘ra bo‘lgan. To‘y Floridaning Sent-Jons daryosidagi qarorgohda bo‘lib o‘tgan.
Nikolson Obamaga butun prezidentlik muddati davomida yordam berib kelgan. U Obamaning safarlarini rejalashtirish uchun javob bergan va unga golf o‘yini yoki samolyotda ketayotganda qarta o‘yinlarida sheriklik qilgan.
Kelin ham oxirgi vaqtlarda Obama ma'muriyatining ta'lim departamentida ishlagan. Kelin-kuyov Obamaga 2008 yilgi kampaniyasida yordam berishgan, kelinning otasi Stiv Paychich esa Obamaning kampaniyasiga mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullangan.
Obama to‘yga rafiqasisiz kelgan, unga bir necha nafargina yordamchisi va smokinglar kiyib olgan maxsus xizmat xodimlari hamrohlik qilishgan.
To‘yda shuningdek AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham ishtirok etgan. Nikolson Obama qo‘l ostiga ishga o‘tishdan avval Kerrining yordamchisi bo‘lib ishlagan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
Jahon | 23:35 / 07.05.2025
-
7 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:10 / 07.05.2025
-
TDTU negizida yangi Tashkent Tech texnika universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 23:07 / 07.05.2025
-
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
Jahon | 23:06 / 07.05.2025
Mavzuga oid

09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi

14:59 / 26.07.2024
Barak Obama saylovda Kamala Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi

09:34 / 19.07.2024