Özbekiston Umumiy va anorganik kimyo instituti olimlari ösimlik yoğini rafinatsiya qilişning yangi uslubini öylab topişdi. Bu haqda Özbekiston Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uşbu kaşfiyot yoğ-moy sanoati uçun öta muhim bölib, u bir neça yillardan beri örganib kelinayotgan muammoni hal qilişi mumkin. Olimlar öylab topgan yangi uslubda kaustik soda örniga kaltsiy giroksididan (Sa(ON)2) foydalaniladi. Qaltsiy giroksidi kaustik sodaga nisbatan arzon bölib, tozalaş jarayonida u zararli moddalarni ajratib oliş xususiyatiga ega. Bu esa paxta moyini tozalaş jarayonining samaradorligini yanada oşiradi.
Ixtiro mualliflari Solixoanova D. S., Agzamxöjayev A. A., Gumarov R. X., Tulabayeva S. U., Agzamxöjayev Ş. A., Eşmetov I. D. Uşbu kaşfiyot uçun qayd qilingan patent raqami IAP 05310.

















