Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining qarori (14.03.2018 yilda 2979-son bilan röyxatdan ötkazilgan) bilan Sanoatda qayta işlaş uçun möljallangan ekstraktsion paxta moyini birja savdolari orqali faqat «Özpaxtayoğ» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalariga sotilişi tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Ekstraktsion paxta moyi (bundan keyin – mahsulot) birja savdolarining elektron tizimidan (BSET) foydalangan holda sotiladi.
Ma'lumot uçun: birja savdolarining elektron tizimi – birja a'zolariga birja savdolarida bevosita birja savdo zalida aniq vaqt rejimida iştirok etiş imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat axborot tizimi.
Birja respublika hududidagi istalgan nuqtadan birja a'zolarining elektron savdolarda iştirok etişini ta'minlaşi şart. Mahsulot sotuvçilari va xaridorlari birja savdolarida mustaqil ravişda birja bilan tuzilgan şartnoma asosida diler sifatida yoki broker yordamida iştirok etadilar.
«Özpaxtayoğ» AJ keyingi oy boşlanişidan 5 kun oldin, keyingi oyda savdoga qöyiladigan mahsulot hajmlari va savdo iştirokçilari töğrisidagi ma'lumotlarni birjaga taqdim etadi. Xaridor va sotuvçilarni avans summasiga muvofiq birja savdosiga qöyiş yoki ularni çetlaştiriş, birja savdolarining ğolibini aniqlaş va birja bitimini röyxatga oliş avtomatik ravişda BSET tomonidan amalga oşiriladi.
Qarama-qarşi buyurtmalarni birlaştiriş natijasi böyiça BSET birja bitimlarini şakllantiradi va röyxatga oladi, şundan söng amalga oşirilgan birja bitimlari reyestrini şakllantiradi. Oldi-sotdi şartnomasini rasmiylaştiriş uçun birja bitimi tuzilgan kunda birja a'zolariga taqdim etiladi. Birja bitimi röyxatga olingandan söng xaridor oldi-sotdi şartnomasida belgilangan muddatlarda moliyaviy majburiyatlarini töliq qoplaş uçun qöşimça mablağlarni ötkazişi lozim. Bunda zakalat sifatida kiritilgan mablağlar hisobga olinişi mumkin.
Birja savdolarida sotilmagan, şuningdek bekor qilingan mahsulot hajmlari avtomatik ravişda BSET tomonidan keyingi birja savdolariga qöyiladi. Birja tomonidan körsatiladigan xizmatlar uçun komission yiğim uning summasidan kelib çiqib bitimning har bir tarafidan undiriladi. Birja savdolariga qöyilgan mahsulotning boşlanğiç narxi sotuvçi tomonidan belgilanadi. Tuzilgan birja bitimlari böyiça hisob-kitoblar Hisob-kitob-kliring palatasi (HKKP) orqali amalga oşiriladi.

















