Yaqinda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi paxta moyi narxi ösişining oldini oliş uçun bir xaridor 3 tonnadan köp bölmagan miqdordagi moyni birjada sotib olişi böyiça çeklov örnatgandi.

Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab böldi. Xususan, çeklov çakana savdoga yetib borgunça moy narxining yanada oşişiga ta'sir qilişi, logistika va transport xarajatlari mahsulot kam sotib olinişi hisobiga ortib ketişi mumkinligi aytildi.

Qömita raisi örinbosari Bekzod Ummatov 30 aprel kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida mazkur masalaga töxtalib ötdi.

«Haqiqatan limit kiritilgan edi, bu örganib çiqilgan. Lekin mahsulotning yakuniy çakana narxiga ta'sir qiladigan darajada emas.

Bu talabni qisiş emas. Katta miqdordagi mahsulotni xarid qilib olib, uni uşlab turib, keyinçalik narxini oşirib sotiş imkoniyatini çeklaydigan vosita bölib xizmat qiladi. Bunda köproq tadbirkorlar mahsulot sotib oliş imkoniyatiga ega böladi. Mahsulotlarni sun'iy ravişda uşlab turiş va qandaydir kelişib olingan notöğri harakatlar çeklanadi.

Bizda paxta moyi narxining şakllanişi kungaboqar moyi narxi şakllanişi bilan boğliq böladi. Paxta moyini sotiş narxi imkoniyatidan kelib çiqqan holda çigit narxi şakllanadi.

Hozirda narxlar bozordagi talab va taklifning işlaş qonuni asosida oşmoqda. Bunday jarayonlarga qandaydir ma'muriy usullar bilan yondaşadigan bölsak, samara bermaydi», dedi rais örinbosari.

Bekzod Ummatov

Qayd etilişiça, ayni paytdagi ta'sir çoralari bozor munosabatlaridan kelib çiqib qöllanilmoqda.

Avvalroq, qömita kungaboqar va paxta moylari narxi qimmatlaşi böyiça izoh bergandi.