Turkiya politsiyasi Istanbulda yangi yili kechasida Reina tungi klubida 39 kishini otib tashlagan terrorchining ikki taxminiy sherigini qo‘lga oldi. Bu haqda Haberturk nashri xabar bermoqda.
Xavfsizlik kuchlari ma'lumotlariga ko‘ra, teraktga aloqadorlikda gumon qilinib Xitoy fuqarosi Umar Asim va uning sherigi Abulez Abuduxamit qo‘lga olingan. Ularning ishlari hibsga olishni so‘rash bilan sudga topshirilgan.
Avvalroq Istanbul politsiyasi teraktni bevosita sodir etgan kimsaning shaxsini aniqlagani, u Abdulgadir Masharipov ismli kimsa bo‘lib chiqqani ma'lum qilingandi.










