Londonning ma'muriy qismiga kiruvçi Teddington şahridagi temir yöliga taxminan 9:30 da oqquş çiqib keldi. Buning oqibatida ortda kelayotgan poyezd maşinisti jonivor orqasidan taxminan uç kilometr masofada past tezlikda harakatlanib kelgan. Hodisaga Metro naşri e'tibor qaratdi.

Platformada transportni kutib turgan kişilar oqquş va uning ortidan kelayotgan poyezdni körib hayron qolişdi hamda voqeani fotosuratga tuşirişga kirişib ketişdi. Vaziyatdan norozi bölganlar ham topildi – erkaklardan biri relslarga sakrab tuşib, jonivorni qörqitişga uringan, ammo oqquş bunga e'tibor ham qaratmay öz yölida davom etdi.

Taxminan bir soatlardan söng temir yöl xizmati xodimlari jonivorni yöldan olib çiqib ketişdi va poyezdlar odatiy iş tartibi bilan qatnay boşladi.