Internetda xitoylik sayyohning panda bilan tushgan suratlari ommalashmoqda. Suratlardan ko‘rinishicha, panda o‘zi uchun eng yaxshi rakurslar qandayligini biladi. Chendu shahridagi ilmiy-tadqiqot markazida yashovchi panda obektiv oldida bambuk yegan holda hech qanday o‘ng‘aysizliklarsiz suratga tushadi. Panda sizning ham qalbingizdan joy olishi uchun bu suratlarga qarashning o‘zi kifoya qiladi.