«Vest Hem» APLning 21-turi doirasida «Kristal Pelas»ni qabul qildi va 3:0 hisobida ğalaba qozondi. U bu uçraşuvda uikendning eng çiroyli goliga mualliflik qildi. Hujumçi 79-daqiqada Mikael Antonio uzatgan töpni qayçi uslubida darvoza töriga joyladi.
Futbolçi uçraşuvdan keyin jurnalistlar bilan gaplaşgan.
«Men bugun gol uriş uçun maydonga çiqqandim. Maykl Antonio meni öz vaqtida kördi va töpni uzatdi. Bu haftada maşğulotlar vaqtida şunday zarbani ijro etişni maşq qildim va köp marta töpni ustunga tekkizdim. Men öyinda ham bu işni takrorlaşga qaror qildim va birinçi imkoniyatdanoq gol böldi. Juda baxtiyor edim. Men bir neça yildan buyon şunday gol urişni orzu qilardim. Bu faoliyatimdagi eng quvonçli lahzalardan biri», — deya futbolçining sözlarini keltirgan BBC.
2011 yilda Kerroll «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 41 mln yevro evaziga transfer qilingaç, ingliz futbolçilari orasidagi eng qimmatbaho futbolçiga aylangandi.
«Enfild»da Endi kutilgan öyinni namoyiş eta olmadi va 2013 yilda «Vest Hem»ga 17,5 mln yevro evaziga ötdi.
Kerroll bu mavsumda 13 uçraşuvda maydonga tuşgan va 3 gol urgan.
















