Rejissyor Shuhrat Abbosov bugun 86 yoshni qarshiladi
O‘zbek kino san'atining ulug‘ darg‘asi, mashhur rejissyor, professor Shuhrat Abbosov bugun, 16 yanvar kuni 86 yoshga to‘ldi.
Shuhrat Abbosov “Mahallada duv-duv gap” (1960), “Sen yetim emassan” (1962), “Toshkent – non shahri” (1967), “Abu Rayhon Beruniy” (1974), “Olovli yo‘llar” (1977-1985), “Otamdan qolgan dalalar” (1997), “Dilor, Dilor, dil va or” (2015), “Yana mahallada duv-duv gap” (2016-2017) filmlariga rejissyorlik qilgan.
Shuhrat Abbosov SSSR xalq artisti, “Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni va o‘nlab xalqaro kinofestivallarda bosh mukofot sohibi bo‘lgan va eng yaxshi rejissyor sifatida taqdirlangan.
Kinoijodkor Qo‘qon shahrida 1931 yilda dunyoga kelgan. U 1949 yilda Toshkent tibbiyot texnikumi, 1954 yilda Toshkent davlat madaniyat institutini, 1958 yilda “VGIK” (Butunittifoq kinematografiya oliy maktabi)da rejissyorlik kursini tamomlagan. U o‘zining mehnat faoliyatini 1954 yilda Yangiyo‘ldagi Toshkent viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyorligidan boshlagan.
1958-1991 yillarda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissyori, 1982-1986 yillarda kinostudiya direktori lavozimida ishlagan. 1983 yildan to hozirgi kunga qadar O‘zbekiston davlat madaniyat va san'at institutida professional mutaxassis va pedagog sifatida talabalarga ta'lim bermoqda.
“Dono Productions” kinokompaniyasi rejissyorning 86 yoshga to‘lishi munosabati bilan tadbir tashkil etdi.
Unda kinokompaniya vakillari, Shuhrat Abbosovning shogirdlari, yosh rejissyor va aktyorlar ishtirok etishdi.
“Dono Productions” kinokompaniyasi o‘zbek kinosining afsonasi Shuhrat Abbosovning tavallud ayyomiga bag‘ishlab kichik rolik ham taqdim etgan
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

18:09 / 05.05.2021
Sudya oqlangan shaxslarning ishga tiklanish tartibi bo‘yicha tushuntirish berdi

21:20 / 16.01.2020
«Hayot ummonida baliqcha emas, nahangdek suzdim» – Shuhrat Abbosovning hayot chizgilari

22:56 / 31.12.2018
Jyeki Chan va Van Damm ishtirokidagi filmlar rejissyori vafot etdi

13:23 / 26.04.2018