14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlarini har tomonlama tahlil qiliş hamda respublika hukumatining 2017 yil uçun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yönalişlari va ustuvor vazifalarini belgilaşga bağişlangan kengaytirilgan majlisi bölib ötdi. Unda davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev sözga çiqdi. 

“Endi, ruxsatingiz bilan, 2017 yilda oldimizda turgan vazifalar töğrisida töxtalsak. Biz 10 milliard 800 million dollar hajmidagi mahsulot eksportini ta'minlaşimiz kerak. Bu borada qanday keçiktirib bölmaydigan vazifalarni hal etişimiz zarur?

Birinçi – 15 kunlik muddatda komplekslar böyiça emas, çunki bu özini oqlamayapti, balki eksportga mahsulot çiqaradigan barça korxonalar böyiça harakat dasturini puxta işlab çiqiş va U.Rozuqulov rahbarligidagi maxsus komissiya majlisida tasdiqlaş kerak.

Ikkinçi vazifa – 2016 yilda Toşkent şahri va xorijda ötkazilgan xalqaro sanoat yarmarkalarida jami 7,7 milliard dollarlik mahsulotni eksport qiliş böyiça tuzilgan şartnomalarni amalga oşiriş zarur.

Rossiya, Qozoğiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, şuningdek, boşqa davlatlarda mahsulot sotişning yangi bozorlarini izlaş böyiça boşlangan işlarni yanada faol davom ettiriş kerak. Lekin Bolgariya bilan bu borada yaqindan hamkorlik qiliş böyiça berilgan topşiriq, afsuski, natijasiz qoldi.

Bu işlarga bizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz ham öz hissasini qöşişi lozim. Buni Senat raisining birinçi örinbosari S.Safoyev va taşqi işlar vaziri A.Komilov nazoratga olsin.

Uçinçi vazifa – «Öztadbirkoreksport» va «Özsanoateksport» aksiyadorlik jamiyatlari, şuningdek, Milliy bank huzuridagi Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi yönalişi böyiça kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksporti bilan boğliq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta'minlaş kerak.

Törtinçi vazifa – meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş. Boş vazir örinbosari Z.Mirzayevga 15 kun muddatda ötgan yili 650 million dollarlik meva-sabzavot eksport qilinmay qolgani sabablarini atrofliça tahlil qilib, aniq takliflar kiritiş topşiriladi.

Bu borada mamlakatimizdagi meva-sabzavot yetiştirişga ixtisoslaşgan 66 ta tumanning salohiyati va imkoniyatlarini ham sözsiz hisobga oliş zarur. Endi uşbu tumanlar hokimlari, ularning örinbosarlari va tumandagi barça rahbarlar prognoz körsatkiçlariga erişiş uçun töğridan-töğri javobgardir.