Jahon | 18:14 / 17.01.2017
13923
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkek yaqinida falokatga uchragan Boeing’ning ikkinchi qora qutisi topildi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri yaqinida Turkiyaga tegishli Boeing yuk samolyotining halokatga uchragan joyidan ikkinchi «qora quti» topildi. Bu haqda RIA «Novosti» qirg‘iz hukumati matbuot xizmatiga asosan xabar bergan.

«Boeing 747 samolyotining Dacha-Suu qishlog‘iga qulagan joyda olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida ikkinchi «qora quti» topildi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq falokatga uchragan Boeing’ning birinchi «qora qutisi» topilgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid