Ushbu yirtqich eshitish va ko‘rish qobiliyatiga ega emas. U suvdagi tebranishlarga ko‘ra harakatlanadi.
Smithsonian Channel kanali 3 metrli Avstraliya qizil chuvalchangining (Eunice aphroditois) ov qilish jarayonini namoyish etdi.
Yirtqich okeanning tropik suvlarida 10-40 m chuqurlikda yashaydi. U ov vaqtida qumlar ostiga yashirinadi va o‘lja yaqinlashganida tezlik bilan unga tashlanadi. U o‘ljani tutgach, uni parchalaydi yoki o‘ldirib, yutadi.
Bu qurtda ko‘rish va eshitish organlari mavjud emas, u beshta paypaslagichi bilan suvdagi tebranishlarni ilg‘aydi.










