«Mançester Yunayted»ning sobiq boş murabbiyi Lui van Gaal faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

«Faoliyatimni ötgan yili yakunlayman deb öylagandim, ammo keyinroq kiçik tanaffus olib, futbolga qaytişga qaror qildim.

Ammo endi murabbiylik işiga boşqa qaytmasligini tuşunyapman. Oxirgi vaqtlarda oilamda köp narsa sodir böldi. Bu men uçun ogohlik qönğiroği kabi böldi va keyin nima qilişimni belgilab oldim», - deydi van Gaal.

Lui van Gaal tört marta Niderlandiya çempioni («Ayaks», AZ), 2 marta Ispaniya çempioni («Barselona»), 1 marta Germaniya çempioni («Bavariya»), 1 martadan Çempionlar ligasi, UYeFA kubogi va Qit'alararo Kubok ğolibi («Ayaks»), 2 marta UYeFA Superkubogi («Barselona», «Ayaks») ğolibi bölgan.

Şuningdek, u Niderlandiya Kubogi («Ayaks»), Ispaniya Kubogi («Barselona»), Germaniya Kubogi («Bavariya») va Angliya Kubogini («MYu») qölga kiritgan.