Chexiyaning Cheska-Trshebova shahridagi sport zallaridan birining tomi o‘yin vaqtida qulagan.
Hodisa 14 yanvar kuni o‘yin boshlanishi bilanoq ro‘y bergan. Tom binosi sekin-astalik bilan qulagan, shu tufayli zaldagilar chiqib ketishga ulgurgan. Bu vaqtda zalda 80 nafarga yaqin kishi bor edi. Videoda ko‘rish mumkinki, binoda 1 daqiqadan keyin elektr toki o‘chib qolgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar bo‘lmadi.














