Toshkentda ko‘p qavatli uylar tomiga qo‘shimcha qavat qurilayotgani aniqlandi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi Toshkent shahar Olmazor tumani, Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar tom qismiga qo‘shimcha qavat qurilayotgani aytilgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Uy-joy fondi inspeksiyasi
Ushbu ko‘p kvartirali turar joy binosi «Baurum Group» MChJ tomonidan 2017 yil qurilgan va foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 2017 yil 6 iyunda «Qorasaroy elite kommunal» UJMSh bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, uylar tom va yerto‘la qismlari umumiy mulk sifatida topshirilmagan.
Qayta rejalashtirish ishlari Olmazor tumani Qurilish bo‘limining «Yakka tartibdagi uy-joy loyiha-smeta hujjatlari kelishilgani haqida» 2021 yil 24 iyundagi 25137-son xulosasiga asosan amalga oshirilmoqda. Bu esa Shaharsozlik normalari va qoidalari 1.04.05-06 talablari buzilganini ko‘rsatadi.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan xulosa beruvchi tashkilot o‘rganish ishlarini amalga oshirishi maqsadga muvofiq.
Uy-joy kodeksi 124-moddasiga ko‘ra, ko‘p kvartirali uydagi turar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uy umumiy joylarini, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, lift shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o‘z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

08:53 / 31.03.2025
Toshkent tumanida me’yoriy talablarga javob bermaydigan obyekt qurilishi to‘xtatildi

13:08 / 25.02.2025
Aholi va xo‘jalik sub’yektlari binolari tomining kamida 50 foizi quyosh panellari bilan jihozlanadi

13:21 / 24.02.2025
“Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi

15:08 / 18.01.2025