AQŞ adliya vazirligining tasdiqlaşiça, Germaniyaning Deutsche Bank moliya muassasasi ipoteka qoplamalari bilan boğliq obligatsiyalarga doir işga barham beriş uçun 7,2 mlrd dollar tovon tölaşga tayyor. Bu haqda ma'muriyat axborotnomasida söz yuritilgan.
 
Xabarda aytilişiça, Deutsche Bank öziga nisbatan ilgari surilgan da'volarning töxtatilişi uçun 3,1 mlrd dollar jarima tölaşga rozilik bildirgan. Bundan taşqari, özaro kelişuvga köra, bankning Amerikadagi mijozlari körgan 4,1 mlrd dollarni ham qoplab beradi.

«Deutsche Bank kreditlaş amaliyotida mas'uliyatsizlik qilgani sababli, Amerika fuqarolari va investorlariga jiddiy va davomli ravişda zarar yetkazilgan», — deb bayonot bergan AQŞ adliya vaziri Loretta Linç.

Avvalroq, Deutsche Bank vakillari ham AQŞ adliya vazirligi bilan ziddiyat munosabati bilan bank 7,2 mlrd dollar jarima tölaşga tayyor ekanini bildirgan edi.