Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: O‘zbekiston bilan munosabatlar chuqurlashishiga xayrixohmiz
Rossiya O‘zbekiston bilan munosabatlarni chuqurlashtirishning qo‘shimcha imkoniyatlari ishga solinadi degan fikrda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov matbuot anjumanida shunday fikr bildirgan. Uning so‘zlari Sputnik agentligi tomonidan keltirilgan.
«Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, bu strategik sheriklik munosabatlariga aylanganiga ancha bo‘lgan. O‘zbekiston bir necha yil ilgari Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tarkibidan chiqib ketgan bo‘lsa-da, bizning ikki tomonlama ittifoqchilik munosabatlarimiz xalqaro-huquqiy asoslarda mustahkamligicha qolgan. Biz O‘zbekistonning yangi prezidenti, yangi rahbariyati mazkur munosabatlarni davom ettirishni maqsad qilgan deb hisoblaymiz va biz buni xayrixohlik bilan qabul qilamiz», — degan vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishning qo‘shimcha imkoniyatlari har ikki mamlakat xalqlari manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin O‘zbekiston rahbariyati bir necha marta tashqi siyosatda o‘z tamoyillaridan og‘ishmasdan davom etishini, hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga va alyanslarga qo‘shilmasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
13:59 / 21.01.2026
«Qoidalarni ‘kollektiv G‘arbʼ emas, uning bitta vakili yozmoqda» – Lavrov AQSh, NATO va Tramp haqida
11:54 / 21.01.2026
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026