Eng badavlat mijozlarga xizmat körsatuvçi UBS Wealth Management bölimi investitsiyalar böyiça direktori Saymon Smayls Yer sayyorasining yarim aholisi daromadiga teng mablağga ega sakkiz işbilarmon haqidagi xabardan hayratga tuşganini ma'lum qildi. Bu haqda RNS xabar berdi.
«Biz daromadlar örtasidagi farq tobora oşib borayotgan dunyoda yaşamoqdamiz. Xitoy va rivojlanayotgan davlatlarning yanada yuksalişi öta qaşşoq bölgan insonlarga yordam berdi. Biroq daromad va boylik örtasidagi tafovut ham ortgan. Bunday raqamlar hayratga sabab böladi», — dedi Smayls.
Biroq, Smayls bu milliarderlarning köpçiligi “juda ham katta miqdordagi mablağlarni qaytarib berib, jahondagi vaziyatni yaxşilaşga harakat qilişayotganini” ham ta'kidlab ötdi.
Avvalroq, jahondagi eng badavlat 8 işbilarmonning boyligi dunyo aholisi yarmining mablağiga teng ekani haqida xabar bergandik.

















