Bu haqda Şveytsariyaning UBS banki tomonidan tayyorlangan yillik Global Wealth Report 2026 hisobotida (.pdf) aytiladi.
Tadqiqotda boylikning konsentratsiya darajasini aks ettiruvçi Jini koeffitsiyentidan foydalaniladi: körsatkiç qançalik yuqori bölsa, aktivlarning şunçalik katta qismi aholining kiçik guruhi qölida töplangan böladi.
Hisobotga köra, 2025 yilda mulkiy tengsizlik darajasi eng yuqori bölgan mamlakatlar reytingi quyidagiça:
BAA - Jini koeffitsiyenti 0,82;
Rossiya - 0,82;
JAR - 0,81;
Braziliya - 0,81;
Saudiya Arabistoni - 0,78;
AQŞ - 0,77;
Şvetsiya - 0,74;
Hindiston - 0,74;
Turkiya - 0,73;
Meksika — 0,72.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, Birlaşgan Arab Amirliklarining yuqori örni köp sonli öta boy rezidentlar va nisbatan kiçik jamğarmalarga ega mehnat migrantlarining salmoqli uluşi bilan izohlanadi. Bu esa boylikning çeklangan doiradagi kişilar qölida yuqori darajada töplanişiga olib keladi.
Hisobotda bank 56 ta bozorni tahlil qiladi, biroq mulkiy tengsizlik reytingida Özbekiston böyiça ma’lumotlar yöq.
Şu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlaşiça, gap aholi daromadlari tengsizligi haqida emas, balki aynan boylik (aktivlar, köçmas mulk, investitsiyalar va jamğarmalar) tengsizligi haqida bormoqda. Bu körsatkiçlar turli uslub böyiça hisoblanadi va bir-birining örnini bosa olmaydi.

















