Bugungi kunga kelib, muayyan mamlakatni zabt etiş, biror xalqni böysundiriş vositalari tubdan özgarib ketdi. Ilgari bu maqsadlarga erişiş uçun qançadan-qança qurol-aslaha, qimmmatbaho texnika, minglab askarlar va ança-munça vaqt ham kerak bölar edi.

Hozirda esa biror mamlakat yoki xalqni böysindiriş uçun ommaviy axborot vositalarining özi kifoya qilmoqda. Kuç işlatiş, majburlaş, zöravonlik axborot orqali ta'sir qiliş, odamlarni biror bir ğoyaga işontiriş, ongni boşqariş texnologiyalariga örin böşatmoqda.

Kuç orqali maqsadga erişiş insoniyat tomonidan birdek qoralanadi, çunki bunda insonga jismoniy oğriq, şikast, moddiy zarar yetkaziladi. Işontiriş vositasida xarakat qilayotganlarni esa biror narsada ayblaş qiyin. Zero, ular tarğib qilayotgan ğoyalari ortida qanday manfaatlar yaşiringanini biliş oson emas. Vaholanki, söz, fikr, axborot orqali inson tafakkurini zabt etiş ham xalq, mamlakat, hududni bosib olişning biroz madaniylaşgan körinişi hisoblanadi, biroq bunda istiloçining kim ekani noma'lum böladi, hatto aholi özini bosib oliş uçun kim kuraş olib borayotganini anglamaydi ham.

Hozirda “globallaşuv” va “ommaviy madaniyat” yoxud “olomonça madaniyat” degan yaltiroq va jozibador nomlar bilan keng kölamda tarğib etilayotgan tuşunçalar ham mustamlakaçilikning yangi körinişida asosiy vosita bölib xizmat qilmoqda desak, mubolağa qilmagan bölamiz.

Xöş, ommaviy madaniyat nima özi? “Ommaviy madaniyat” yoki “olomonça madaniyat” deya tarjima qilayotgan tuşunçamiz ğarbda «populyar» yoki «pop-kultura» (inglizça “pop culture”) deb ataladi. Bu nom dunyoni boşqariş va butun dunyo ustidan hukmronlikka erişişni maqsad qilgan ayrim ğarb davlatlari tomonidan öylab topilib, muomalaga kiritilgan, u “ommaviy madaniyat” yoxud “olomonça madaniyat” degan sözlardan közlangan asl maqsadni niqoblaş uçun işlatiladi.

Olomonça madaniyat xalqlarning neça ming yillardan beri qalbida ardoqlab kelayotgan qadriyatlarini, odob-axloq tamoyillarini tagidan yemirişga, odamlarni ongu şuuridan, hamiyatidan, iymon-e'tiqodidan ayirib, ma'naviyatsiz, axloqiy tuban manqurtga aylantirişga xizmat qiladi.

Ayrim mutaxassislar (faylasuf va jamiyatşunos olimlar)ning fikriça, aslida mazkur oqimni “madaniyat” deb ataşning özi notöğri hisoblanadi. Biroq hali ilm-fanda «antikultura» «ğayrimadaniyat» yoki “aksilmadaniyat” tuşunçalari ilmiy şakllanmaganligi uçun «olomonça madaniyat» degan nom noçorlikdan qöllanmoqda, çunki  «olomonça madaniyat» aslida madaniyatsizlik, ma'naviyatsizlik va axloqsizlikning sinonimidir. Şu bois «olomonça madaniyat», eng avvalo, yuksak iste'dod va ölmas ma'naviy-axloqiy ğoyalar bayroqdori bölgan mumtoz madaniyatga, san'atga, uning boyliklariga qarşi tiş-tirnoği bilan kuraşib, uni inkor etib kelyapti.