Markaziy Amerikaning Gonduras davlatida beş kişi, şu jumladan taniqli jurnalist suiqasd qurboni böldi, deb xabar qilmoqda El Heraldo.

Ta'kidlanişiça, jurnalist Igor Padilya San-Pedro-Sula şahrida tasvirga oliş çoğida otib ketilgan. Guvohlarning sözlariga köra, unga qandaydir ayol qönğiroq qilgan va u pavilondan köçaga çiqqan vaqtda politsiya libosini kiyib olganlar jurnalistni öqqa tutişgan.

Çoloma şahridagi barlardan biriga noma'lum jinoyatçilarning xurujidan yana tört kişi hayotdan köz yumgan, 5 kişi tan jarohati olgan. Jinoyatçilar barga kirişlari bilan öq uzgan çoğlarida mijozlar qarta öynab ötirişgan bölgan. 

Gonduras jinoyatçilik va zöravonlik darajasi dunyodagi eng yuqori mamlakatlardan biri hisoblanadi. BMT giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasiga köra, Gondurasda har yuz ming aholiga 90,4 qotillik töğri kelişini ma'lum qilgan. Bunda qotilliklarning 70 foizi narkotrafik bilan boğliq.