Venesuela prezident Nikolas Maduro, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ugo Çaves nomidagi tinçlik mukofoti laureati bölgani haqida e'lon qildi. Bu haqda El Nacional yozgan.
Maduroning sözlariga köra, xalqaro mukofot qömitasi, birinçi sovrinni Putinga topşirişga qaror qilgan.
«Biz Vladimir Putinni tinçlik, köpqutbli dunyo yetakçisi deb bilamiz. Biz undan köp narsani örganayapmiz», — degan Maduro matbuot anjumanida.
Venesuela prezidenti, şuningdek, Rossiya yetakçisining «dunyoni strategik köra oliş qobiliyati»ni ham e'tirof etgan. Bundan taşqari, Maduro Rossiyaga tez orada taşrif buyurişiga umid bildirgan.

















