Fan-texnika | 16:39 / 19.01.2017
7440
2 daqiqa o‘qiladi

Jyek Ma savdo urushlari boshlansa Alibaba kompaniyasini yopishini bildirdi

Foto: © AFP

Alibaba kompaniyasi asoschisi Jyek Maning bayonot berishicha, AQSh va Xitoy savdo urushlarini boshlashdan avval, jiddiy o‘ylab ko‘rishlari kerak. Bundan tashqari, Ma agar shunday urushlar boshlansa, Alibaba kompaniyasini yopishga va'da berdi. Uning fikricha, Amerika iqtisodiyotida muammolarning bosh sababchisi Xitoy emas, balki noto‘g‘ri strategiyadir.

«Gap boshqa mamlakatlarning sizlardagi ish o‘rinlarini o‘g‘irlashida emas, sizlarning strategiyangizda. Pul va zaxiralarni to‘g‘ri taqsimlang», - degan Jyek Ma. 

Uning ta'kidlashicha, AQSh so‘nggi 30 yilda qurolli mojarolarga 14 trln dollar sarflagan. Bu mablag‘lar infratuzilmalarga sarflanishi mumkin edi. 

Bundan tashqari, Jyek Ma Amerikaning Amazon kompaniyasini, Alibaba bilan qiyoslar ekan, uni imperiya deb atagan. 

«Amazon va bizning farqimiz shundaki, Amazon imperiya kabidir, ular hammasini o‘zlari nazorat qiladi, o‘zlari xarid qiladi va sotadi. Biz esa, ekotizim bo‘lishni xohlaymiz. Bizning falsafamiz, boshqalarning sotishlariga sharoit yaratish, boshqalarga xizmat taklif qilish va ularga bizdan ko‘ra kuchliroq bo‘lishlari uchun ishonch hadya qilishdan iborat. Bizning texnologiyalar, innovatsiyalar, hamkorlarimiz bilan, ular 10 mlndan ortiq sotuvchilardir, Microsoft va IBM bilan ham kurashishga imkon bera olamiz», - deya fikr bildirgan Alibaba asoschisi. 

Shu bilan birga, u yakunda internet tijoratning ikki namunasi ham to‘g‘ri bo‘lib chiqishiga umid bildirdi. «Agar dunyoda faqat bitta to‘g‘ri model bo‘lganida, dunyo zerikarli bo‘lib qolar edi», - degan Jyek Ma.

Mavzuga oid