Tijorat odoblaridan biri şubhali narsalarni, şubha aralaşgan foydalarni tark qilişdir. Şubhali deganda halol yoki haromligi aniq bölmagan va kişi könglida ğaşlik paydo bölişiga sabab böladigan nar­salar tuşuniladi. Bunday holatlar tijoratda köp uçraydi.

Hadisi şarifda:

عن أبي عبد الله النعمان بن بشير رضي الله عنهما قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وآله وسلم يقول: إن الحلال بين وإن الحرام بين وبينهما أمور مشتبهات لا يعلمهن كثير من الناس فمن اتقى الشبهات فقد استبرأ لدينه وعرضه ومن وقع في الشبهات وقع في الحرام كالراعي يرعى حول الحمى يوشك أن يرتع فيه ألا وإن لكل ملك حمى ألا وإن حمى الله محارمه ألا وإن في الجسد مضغة إذا صلحت صلح الجسد كله وإذا فسدت فسد الجسد كله ألا وهي القلب

Abu Abdulloh Nö'mon ibn Başirdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: «Men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini eşitdim: “Darhaqiqat, halol narsalar oçiq-ravşandir, harom narsalar ham oçiq-ravşandir. U ikkisining örtasida esa, (halol yoki haromligi köpçilik uçun noaniq bölgan) iştibohli narsalar ham borki, köpçilik ularni (ng hukmini) bilmaydi. Bas, kimki şunday şubhali narsalardan özini ehtiyot qilsa, dinini (ya'ni taqvosini nuqson-kamçiliklardan), nomusi, obrösini (turli gap-sözlardan) pokiza asrab qoladi. Ammo kimki şubhali narsalarga öralaşib qolsa, haromga ham tuşib qoladi. Buning misoli (ya'ni iştibohli narsalardan saqlanmaydigan kişining misoli) birovning qörğoni atrofida suruvini ötlatib yurgan çöponga öxşaydiki, uning qöylari sal qolsa, öşa qörğonga kirib ketadi. Ogoh böling, har bir podşohning öz qörğoni böladi. Ogoh böling, Allohning qörğoni Uning harom qilgan narsalaridir. Ogoh böling, jasadda bir parça göşt borki, agar u soğlom bölsa, butun jasad soğ-salomat böladi. Agar u aynisa, butun jasad buziladi. Ogoh böling, u parça göşt qalbdir” (Buxoriy va Muslim rivoyati). Imom Navaviy uşbu hadis şarhida aytadi: “Narsalar uç qismga bölinadi: Non yemoq, gapirmoq, yurmoq kabi halolligi oçiq-ravşan bölgan narsalar. Aroq içiş, zino qiliş kabi haromligi oçiq-ravşan bölgan işlar. Yana na halolligi va na haromligi aniq bölgan iştibohli narsalar ham borki, ularning hukmini köpçilik bilmaydi. Ulamolar esa oyat-hadis hujjati bilan yoki qiyos orqali ularning hukmini aniqlaşadi. Demak, biron narsaning halol yoki harom ekanligida iştiboh tuğilsa va bu borada oyat-hadisdan va ijmodan dalil topilmasa, mujtahid olim şu mavzuda ijtihod qilişi va şar'iy dalil bilan öşa noaniq narsani halolga yoki haromga nisbatlab berişi lozim böladi”.

Abu Dardo (roziyallohu anhu) bunday deganlar: “Komil taqvo bandaning Alloh taolodan hatto zarraça narsa xususida ham qörqmoği va özi bilan harom örtasiga tösiq qöyiş maqsadida harom bölişi ehtimolidan qörqib, ba'zi halol narsalarni ham tark qilmoğidir”.