Avstraliyadagi Symbio Wildlife hayvonot boği tomonidan taqdim etilgan videorolik internet foydalanuvçilari orasida katta qiziqişga sabab böldi. Unda ördak yölbarsning jiğiga atayin tegişi tasvirlangan: quş yirtqiç jonivorni öziga hujum qilişga undaydi, şundan söng suv ostiga berkinib, xavfsiz joyga suzib ketadi.

"Aftidan, ördakka yölbars bölgan suv havzasida yaşaş yoqadi, va 126 kilogrammli Jular laqabli yirtqiçning borligi unga umuman qiziği yöq", - deb yozdi The Telegraph.

"Dunyodagi eng qörqmas ördak" ma'lum bir vaqt davomida yölbarsning jiğiga tegadi, şundan söng yirtqiç çekinib, suv havzasidan öljasiz çiqib ketişga majbur böladi.