Avstraliyada davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvçi Australian open musobaqasini özbekistonlik Denis Istomin muvaffaqiyatli ötkazişda davom etmoqda.
Bugun Denis turnirning 3-raundida musobaqaning 30-tartib raqami ostida saralangan ispaniyalik Pablo Karreno-Bustoga qarşi kortga çiqib, beş setda raqibini mağlubiyatga uçratdi: 6/4, 4/6, 6/4, 4/6, 6/2.

Uçraşuv 3 soat 30 daqiqa davom etdi. 30 yoşli Denis Istomin bahs davomida 16 marta «eys»ni amalga oşirgan bölsa, 2 marta qöşxatoga yöl qöydi, 51 marta uzoq davom etgan oçkolarni yutib oldi, 53 marta zarurati bölmagan xatolarni qayd etdi va 5 marta raqib geymini yutib olişga (breyk) muvaffaq böldi. Karreno-Busto 3ta breyk, 2ta «eys»ni amalga oşirib, 62ta zarurati bölmagan xatolarga yöl qöydi.
Endi Denisning keyingi bosqiçdagi raqibi Grigor Dimitrov (15-raketka) va Rişar Gaske (18-raketka) öyinida aniqlanadi.





















