Internetda Kanadaning Ontario viloyatida yanvarning ilk kunlari sodir bo‘lgan antiqa voqea videosi paydo bo‘ldi. Videodan ma'lum bo‘lishicha, haydovchi qorli trassada oldidan chiqib qolgan ikkita los bilan to‘qnashuvdan bazo‘r qochib, ular orasidan o‘tib keta olgan. Video mashinadagi kamera yordamida olingan. Ushbu videoga Mashable va Buzzfeed kabi yirik onlayn-nashrlar e'tibor qaratishgan.