AQŞ Davlat departamenti Suriya böyiça Ostonadagi muzokaralarga AQŞ delegatsiyasi yuborilmasligini ma'lum qildi. Uşbu muzokaralarda AQŞ tomonini uning Qozoğistondagi elçisi Jorj Krol bildiradi. Bu xaqda Davlat departamentining vakili Mark Toner ma'lum qildi.
"Prezident inauguratsiyasi va xokimiyatning zudlik bilan topşirilişi munosabati bilan Ostonadagi anjumanda AQŞ delegatsiyasi iştirok etmaydi", deb aytdi Toner.
Avvalroq Ostonadagi muzokaralarda AQŞning Ostonadagi elçisi iştirok etişi ma'lum qilingandi.
Bu orada Ostonaga Rossiya, Turkiya va Eron vakillari yetib kelişdi. BMTning Suriya böyiça maxsus elçisi Steffan de Mistura 22 yanvarga ötar keçasi kelişi kutilmoqda. Suriya hukumati vakillari Ostonaga 22 yanvarda yetib kelişadi. Muzokaralar boşlanişi 23 yanvarga belgilangan.

















