Tojikiston içki işlar vaziri Ramazon Rahimzoda jurnalistlarga tojik militsiyasi xodimlarining böy va vazn nisbatini me'yorga keltirişga buyruq berganini ma'lum qildi. Rahimzodaning aytişiça, uşbu buyruqni nazorat qiliş maxsus komissiyaga yuklangan.
"Men ikki oy avval militsiya xodimlari vaznini me'yorga keltirişga buyruq bergandim. Axir militsioner semirişni boşlasa, uning işçanligi susayadi. Militsiya xodimi vazni böy va vazn nisbati xalqaro jadvaliga mos kelişi kerak", deb aytdi Rahimzoda.
Vazir huquq-tartibot muassasalari xodimi qanday optimal böy va vaznga ega bölişi kerakligiga aniqlik kiritmagan.
Quyida militsiya xodimi qanday böy va vaznga ega bölişini biliş uçun yoş va böyga mos keladigan optimal vazn nisbatlari jadvalini keltirdik.


















